AsosiyJamiyat

Andijonda sifat kafolati bo`lmagan 16 mingdan ziyod kapsulalarni O`zbekistonga noqonuniy olib kirayotganlar qo`lga tushdi

'Andijonda sifat kafolati bo`lmagan 16 mingdan ziyod kapsulalarni O`zbekistonga noqonuniy olib kirayotganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga turli yashirin yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlar xanuz davom etmoqda. Navbatdagi xuquqbuzarlik “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o`z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Xususan, qo`shni Qirg`iziston Respublikasi orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro A.Fga tegishli bo`lgan qo`l yuklari ko`zdan kechirilganida, bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilmagan hamda deklarasiyada yozib ko`rsatilmagan 16 697 dona umumiy qiymati 79 540 000  so`mlik kapsula ko`rinishidagi dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar