AsosiyJinoyat

Ikki bosh bo`rsiqni sotmoqchi bo`lgan fuqarolar tezkor guruh tomonidan ushlandi

'Ikki bosh bo`rsiqni sotmoqchi bo`lgan fuqarolar tezkor guruh tomonidan ushlandi'ning rasmi

Shu kunlarda  Davlat ekologiya qo`mitasi tomonidan tashkil qilingan ishchi guruh Navoiy viloyatida bo`lib, hududlarda ekologik nazorat ishlarini amalga oshirmoqda.

Ishchi guruh, viloyat Ekologiya boshqarmasining nazorat inspeksiyasi, IIB xodimlari hamda Milliy gvardiya hamkorligida Konimex tumanida o`tkazilgan navbatdagi nazorat  reyd tadbirida  “Do`stlik” MFY hududida yashovchi fuqaro Sh.X va R.T ikki bosh bo`rsiqni hech qanday ruxsatnomasiz tabiatdan ushlab,  o`z xonadonlarida saqlayotganligi aniqlandi va bu yovvoyi  jonivorlarni 3 500 000 so`mga sotmoqchi bo`lishayotgan paytda ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 92-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.

Bo`rsiqlarni tabiat qo`yniga qo`yib yuborish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar