AsosiyJinoyat

Samarqandda 90 sotix erni 42 000 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

'Samarqandda 90 sotix erni 42 000 dollarga sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Samarqandda boshqa maqsadlarda foydalanmaslik sharti bilan issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan 90 sotix erni 42 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan V.D. Samarqand tumanidagi o`ziga qarashli agrofirma hududidan vaqtinchalik 5 yil muddatga boshqa maqsadlarda foydalanmaslik sharti bilan issiqxona tashkil etish uchun ajratilgan 90 sotix suvli er maydonini sotmoqchi bo`lgan. 

V.D. er maydonini hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va`da qilib, fuqaroga 42 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Ushbu mablag`dan 20 ming dollarini olayotgan vaqtda esa ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan hamda tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Hozirda fuqaro V.D. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar