AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda fuqarolar va Ichki ishlar xodimlari o`rtasida janjal chiqqani aytildi (video)

'Qashqadaryoda fuqarolar va Ichki ishlar xodimlari o`rtasida janjal chiqqani aytildi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 31 mart kuni fuqarolar va ichki ishlar xodimlari o`rtasida janjal kelib chiqqani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi.

https://t.me/mobilmuxbiruz/1025

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, xodimlar jamoat tartibini saqlashga uringan.

Ta`kidlanishicha, soat 09:00da Chiroqchi tumani "Oq oltin" mahallasida joylashgan "Shomurod ota" fermer xo`jaligida sodir bo`lgan. Ferma rahbari A.D. o`ziga tegishli bo`lgan 20 gektar er maydonini shudgor qilmoqchi bo`lganida bir nechta fuqarolar tomonidan qarshilik ko`rsatilgan. Shu sababli fermer ichki ishlar organlariga holat bo`yicha xabar bergach, xodimlar voqea joyiga etib kelib, jamoat tartibini saqlab, ko`ngilsiz holatlarning oldini olgan.

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan qarshilik ko`rsatgan fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda chora ko`rish uchun surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Holat yuzasidan o`rganish yakuni bilan qo`shimcha axborot beriladi",-deyiladi viloyat IIB xabarida.

    Boshqa yangiliklar