Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida YTH sodir bo`lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat bo`yicha ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha soat 20:55 larda Surxondaryo viloyati, Termiz shahar, At-Termiziy shoh ko`chasida yuz bergan. Haydovchi, 1995 yilda tug`ulgan M.Sh. boshqaruvidagi "Nexia-3" rusumli hamda haydovchi, 1998 yilda tug`ulgan M.S. boshqaruvidagi "Toyota" rusumli va haydovchi, 1992 yilda tug`ulgan Sh.B. boshqaruvida bo`lgan "Sobalt" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`lgan.
YTH oqibatida "Cobalt" rusumli avtomobilda yong`in yuzaga kelgan. Hodisa joyiga zudlik bilan o`t o`chiruvchilar etib kelgan va yong`in o`chirilgan.
YTH va yuzaga kelgan yong`in natijasida "Cobalt" rusumli avtomobil salonida bo`lgan yo`lovchi, 1985 yilda tug`ilgan J.B. voqea joyida vafot etgan.
"Hozirda mazkur YTH yuzasidan Termiz shaxar IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.






