AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 3ta mashina ishtirokidagi YTHda bir inson yonib ketib, halok bo`ldi

'Surxondaryoda 3ta mashina ishtirokidagi YTHda bir inson yonib ketib, halok bo`ldi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 3 aprel kuni soat taxminan 20:55 larda shaharning At-Termiziy ko`chasida haydovchi 1998 yilda tug`ilgan S.M. boshqaruvida bo`lgan "Toyota" rusumli miniven, 1995 yilda tug`ulgan Sh.M. boshqaruvida bo`lgan “Nexia 3” hamda 1992 yilda tug`ulgan haydovchi B.Sh. boshqaruvidagi  "Sobalt" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. To`qnashuv oqibatida "Sobalt" rusumli avtomobilda yong`in yuzaga kelgan. Holat haqidagi ma`lumot Surxondaryo viloyati FFV boshqarmasiga soat 21:00 da xabar berilgan va o`t o`chiruvchilar tomonidan 21:11 yong`in bartaraf etilgan.

Haydovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. "Sobalt" rusumli avtomashinada yo`lovchi sifatida ketayotgan 1985 yilda tug`ulgan fuqaro B.J yong`in natijasida halok bo`lgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan Termiz shaxar IIO FMB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar