AsosiyJamiyat

Harorat kundan-kunga ko`tariladi, biroq... "O`zgidromet" haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

'Harorat kundan-kunga ko`tariladi, biroq... "O`zgidromet" haftalik ob-havo ma`lumotini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati joriy hafta uchun kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, haftaning birinchi yarmida O`zbekiston hududi bo`yicha yoz fasli kabi quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kundan-kunga ko`tarilib chorshanba kuniga kelib kunduzi 30-33° gacha ko`tariladi, bu iqlimiy me`yordan 8-10° ga yuqori bo`ladi.

4-5 aprelga shimolda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ish haftasining ikkinchi yarmida respublika bo`yicha yuqori va o`rta qavat bulutlari kuzatiladi, ammo quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog`li hududlarda 7 aprelda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqalidroq bo`lishi mumkin. Kunduz kungi harorat 23-28° gacha biroz pasayadi.

    Boshqa yangiliklar