AsosiyJamiyat

O`zbekistonda karantin sabab tayinlanishi kechikkan pensiyalar to`liq qoplab beriladi — Pensiya jamg`armasi

'O`zbekistonda karantin sabab tayinlanishi kechikkan pensiyalar to`liq qoplab beriladi — Pensiya jamg`armasi'ning rasmi

O`zbekistonda karantin e`lon qilingan muddatdan, ya`ni 2020 yil 24 martdan e`tiboran muayyan sabablarga ko`ra  yoshga doir pensiya tayinlanishi uchun o`z vaqtida murojaat qilolmagan fuqarolarga o`tgan davrlar uchun ham mablag` to`liq to`lab beriladi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ma`lum qilinishicha, 2020 yil 1 may kuni pensiya yoshiga etgan fuqaro turli sabablarga ko`ra, 2022 yil yanvar oyida Pensiya jamg`armasiga murojaat qilsa, fuqaroga 2020 yil 1 maydan pensiya tayinlanadi va o`tgan 20 oylik pensiya miqdori to`lab beriladi.

    Boshqa yangiliklar