AsosiyJamiyat

O`zbekistonni xorij davlatlarida targ`ib qilish uchun 10 mlrd so`m ajratilishi mumkin

'O`zbekistonni xorij davlatlarida targ`ib qilish uchun 10 mlrd so`m ajratilishi mumkin'ning rasmi

Muhokamalar portaliga Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan tayyorlangan "Xorijiy davlatlarda O`zbekiston tarixi, madaniyati va o`zbek tilini o`rganish tizimini keng targ`ib etish orqali xorijiy turistlar oqimini yanada ko`paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi prezident qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Qaror loyihasiga ko`ra, O`zbekistonning boy ilmiy, tarixiy, madaniy va ma`naviy merosini o`rganishga qiziqish yuqori bo`lgan xorijiy ta`lim va ilmiy muassasalarda o`zbek tili va madaniyati o`qitiladigan Uzbek Studies kafedralari faoliyati yo`lga qo`yiladi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab har yili Uzacademy internet platformasi orqali onlayn tarzda hamda Uzbek Studies kafedralarda ta`lim olayotgan yoshlar o`rtasida olimpiada, viktorina va musobaqalarda g`olib bo`lganlar uchun «Xush kelibsiz, O`zbekistonga!» dasturi amalga oshiriladi.

Ta`kidlanishicha, qaror ijrosini ta`minlash bilan bog`liq masalalarni moliyalashtirishga Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg`armasi mablag`lari hisobidan 10 milliard so`m ajratadi.

 

    Boshqa yangiliklar