AsosiyJamiyat

“Xavfsiz yo`l” indeksini yuritish amaliyoti yo`lga qo`yiladi

'“Xavfsiz yo`l” indeksini yuritish amaliyoti yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Prezident Qaroriga ko`ra, hududlarda yo`l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlarining mas`uliyatini kuchaytirish maqsadida 2022 yil 1 iyuldan boshlab, respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida “Xavfsiz yo`l” indeksini yuritish amaliyoti yo`lga qo`yiladi.

Indeks doirasida yo`l infratuzilmasi va yo`l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati maxsus komissiyalar tomonidan 5-ilovaga muvofiq 29 ta indikator bo`yicha har chorak yakunida baholab boriladi.

Tuman (shahar)lar indeks ko`rsatkichlari asosida yo`llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo`yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

Indeksni yuritish vazifasi yo`l harakati xavfsizligi bo`linmalari zimmasiga yuklanadi.

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda etakchi ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda, indeksni yuritish metodologiyasiishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar