Andijonning Qirg`iziston bilan chegaradosh hududlarida noma`lum hasharot paydo bo`ldi. Zamon.uz' nashrining yozishicha, u odamlarning uylarigacha kirib borgan.
"Uyimiz ichigacha kirib ketdi. Hamma erimizni chaqib tashladi. Bir hafta qarindoshlarimnikida o`tirib keldim. Endi yana ko`payib kelyapti. Derazamdan kirib, adyollarim ichigacha bosib ketdi",-deydi shu hududda istiqomat qiluvchi ayol.
Avvaliga mutaxassislar ham ularning turini aniqlay olmagan. Tadqiqot ishlaridan so`ng hasharot turi ma`lum bo`lgan.
"Prognozlashtirish bo`limi mutaxassislari tomonidan ishchi guruh tashkil qilinib, ushbu hasharot to`g`risida o`rganish olib borildi va u "qor burgasi" nomli hasharot ekanligi aniqlandi",-deydi Andijon viloyati o`simliklar karantin va himoyasi boshqarmasi bo`lim mutaxassisi Anorboy Xo`jamberdiev.
Qayd etilishicha, bu hasharot ozuqa moddasi bo`lib, tuproqda organik moddalarni sintez qilishda xizmat qiladi. U yilda bir avlod beradi, deydi mutaxassis.