AsosiyJamiyat

Serbiyada ishlash istagida bo`lganlarga mavsumiy ish taklif etildi

'Serbiyada ishlash istagida bo`lganlarga mavsumiy ish taklif etildi'ning rasmi

Serbiyada mavsumiy qishloq xo`jaligi ishlariga O`zbekiston fuqarolari taklif etiladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabariga ko`ra, ish haqi soatiga 3 evrodan to`lanadi.

Ta`kidlanishicha, fuqarolarning turar joyi va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Nomzodlarga qo`yiladigan talablar quyidagicha:

  •  18 - 45 yoshgacha bo`lishi;
  • maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo`lishi;
  •  rus yoki ingliz tilida muloqot qila olishi;
  •  sudlanmagan bo`lishi.

Mazkur bo`sh ish o`rinlariga qiziqish bildirgan fuqarolar uchun tanlovlar vaqti va joyi:

5 aprel:

Samarqand, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun:

Samarqand shahri, Narpay ko`chasi 7-B uy, "Ishga marhamat" monomarkazi.

Mo`ljal: Kimyogarlar qo`rg`oni

(66) 233-24-00, (66) 233-53-00.

7 aprel:

Xorazm viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasi uchun:

Urganch shahri, Baynalmilalchi ko`chasi, 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.

 (62) 229-19-96.

Tanlovda qatnashish istagida bo`lgan fuqarolar o`zlari bilan quyidagi hujjatlarning elektron shaklini olib kelishi shartligi aytiladi:

  •  Xorijga chiqish pasporti skaner varianti;
  • 3,5x4,5 hajmdagi fotosuratning elektron shakli.

    Boshqa yangiliklar