Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash bo`lgan uylarda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 5 aprel kuni soat 08:16 da Toshkent shahar Shayxontoxur tumani “Yangi Kamolon” MFY Yangiobod ko`chasida joylashagan bir-biriga tutash qurilgan 4 ta xonadonda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 08:23 da hodisa joyiga etib borib, yong`in soat 08:52 da qurshab olingan va soat 09:11 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida xonadonlarning taxminan 400 kv.m. maydonda tomi va shift qismi yongan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Voqea joyiga shahar FVB rahbariyati va tuman FV bo`limi rahbar xodimlari etib borgan. Hozirda yong`in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`rab qoladi.






