Buxoro viloyati Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasiga radar bilan jihozlangan 5 ta avtomobil foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, so`ngi vaqtlarda sodir bo`layotgan yo`l-transport hodisalarining ko`pchiligi mashinalarning yuqori tezlikda haraktlanishi, quvib o`tish qoidasi buzilishi tufayli yuzaga kelmoqda.
Shunga ko`ra, Buxoro viloyatiga ham yo`llarda avtomobillar tezligini nazorat qilish va harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 5 ta radar bilan jihozlangan mashina foydalanishga topshirildi.
Ma`lum qilinishicha, avtomobillar kechayu-kunduz onlayn tarzda serqatnov yo`llarda faoliyat olib boradi.






