Oliy majlis Senatida Tanzila Narbaeva ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisi" bo`lib o`tdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tahlillar korrupsiyaga oid jinoyatchilikka qarshi kurash borasida olib borilgan bir qator amaliy chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatlarni fosh qilish darajasi ortganligini ko`rsatmoqda.
Xususan, 2021 yilda 5 483 nafar shaxsga nisbatan 3 769ta korrupsiyaviy jinoyat ishlari sudlarga oshirilgan. Ya`ni sudga yuborilgan jinoyat ishlari hamda javobgarlikka tortilgan shaxslar soni o`rtacha 3 baravargako`paygan.
Sudlarga yuborilgan jinoyat ishlarining har uchtadan bittasisog`liqni saqlash, ta`lim va bank tizimi xodimlari tomonidan sodir etilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilgan keskin choralar natijasida sudga yuborilgan jinoyat ishlari soni o`tgan yilga nisbatan bank sohasida 300 foizga, ta`lim tizimida 120 foizga hamda sog`liqni saqlash sohasida 100foizga ortgan.
Tahlillarga ko`ra, bugungi kunda, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda to`g`ridan-to`g`ri poraxo`rlik bilan emas balki, firibgarlik yo`li bilan o`zgalar mulkini o`zlashtirish hamda o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish ko`rinishidagi jinoyatlarni sodir etish holatlari ko`paymoqda.






