AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda uch oyda 6 mingdan ziyod murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo`ldi

'Qashqadaryoda  uch oyda 6 mingdan ziyod murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo`ldi'ning rasmi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiallari tomonida 2022 yilning o`tgan uch oy davri davomida onlayn tarzda jami 6 237 ta kadastr pasporti tayyorlab berilgan. 

Eng ko`p kadastr hujjati tayyorlangan hudud Qarshi shahri hissasiga to`g`ri keladi.Shahar aholisi uchun joriy yilning 1-aprel kuniga qadar 1700 ga yaqin kadastr hujjatlari tayyorlab berilgan.

Kadastr hujjatlari tayyorlab berilishi tuman(shahar)lar kesimida;

  • Chiroqchi tumani          255 ta
  • Dehqonobod tumani              175 ta
  • G`uzor tumani.             220 ta
  • Kasbi tumani               146 ta
  • Kitob tumani                 560 ta
  • Koson tumani               284 ta  
  • Mirishkor tumani         193 ta
  • Nishon tumani             354 ta
  • Qamashi tumani          251 ta
  • Qarshi tumani               872 ta
  • Shahrisabz tumani       265 ta
  • Shahrisabz shahri         441 ta
  • Yakkabog` tumani         371ta
  • Qarshi shahri                1682 ta

 

Ma`lumot uchun, kadastr pasportini  tayyorlash, ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlar va ko`chmas mulkka oid tuzilgan bitimlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar