AsosiyJamiyat

Endilikda Rossiya, Qozog`iston va Turkiyada Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining doimiy vakillari ish boshlaydi

'Endilikda Rossiya, Qozog`iston va Turkiyada Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining doimiy vakillari ish boshlaydi'ning rasmi

Ayni damda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Rossiyadagi o`zbekistonlik mehnat migrantlarini qo`llab-quvvatlash, tashqi mehnat migrasiyasi geografiyasini kengaytirish hamda mehnat migrasiyasidan qaytgan fuqarolarni reintegrasiya qilish borasida olib borilayotgan ishlarga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi. Unda Darakchi sayti muxbiri Mohinur Rustamova ishtirok etmoqda. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig`i Zohid Asqarovning ma`lum qilishicha, Endilikda Rossiya, Qozog`iston va Turkiyada Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining doimiy vakillari ish boshlaydi.

Ularning asosiy vazifasi qiyin vaziyatda qolgan, mablag`siz xorijda qolib ketgan fuqarolarga moddiy va ijtimoiy yordam ko`rsatishdan iborat bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar