AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida 69 ta, Surxondaryoda 169 ta, Qoraqalpog`istonda 128 ta, Sirdaryoda 54 ta, Farg`onada 162 ta, Toshkent viloyatida 147 ta maktablarda muhit qoniqarsiz deb topildi

'Toshkent shahrida 69 ta, Surxondaryoda 169 ta, Qoraqalpog`istonda 128 ta, Sirdaryoda 54 ta, Farg`onada 162 ta, Toshkent viloyatida 147 ta maktablarda muhit qoniqarsiz deb topildi'ning rasmi

Prezident Matbuot xizmatining xabar berishicha, yig`ilishda respublika bo`yicha 1 ming 526 ta maktab bolalar tarbiyasi, davomat, ma`naviy muhit bo`yicha “qizil” toifaga kiritilganligi ta`kidlandi.

Ayniqsa, Toshkent shahridagi 69 ta maktab, Surxondaryoda 169 ta va Qoraqalpog`istonda 128 ta, Sirdaryoda 54 ta, Farg`onada 162 ta, Toshkent viloyatidagi 147 ta maktablarda muhit qoniqarsiz deb topilgan.

“Bu tuman va shahar hokimlari maktab masalalari ichiga umuman kirmaganligidan dalolat. Yanvarda o`tgan selektordan keyin ham ular o`ziga xulosa qilmagan.  

Ushbu viloyat, tuman va shahar hokimlarini oxirgi marta ogohlantiraman. Agar uch  oyda o`zgarish bo`lmasa, jiddiy chora ko`riladi.  

Bugungi kunda maktabning eng katta muammosi – o`qitish metodikasining mutlaqo eskirganligi. Afsuski, maktab ta`limi eski qolipdan chiqa olmayapti”, dedi davlatimiz rahbari.

    Boshqa yangiliklar