Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o`qituvchisi o`quvchi qizni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Darakchi saytiga Andijon viloyati Asaka tumani hokimligi quyidagicha munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, hodisa joriy yilning 2 aprel kuni tumandagi 38-umumta`lim maktabida dars tugashi paytida 10-A sinfida sodir bo`lgan.
O`qituvchi va o`quvchilar o`zaro kelishmovchilik yuzaga kelgan. Bunga o`quvchilarning hech qanday sabablarsiz ketma-ket ikki kun darsdan qochib ketishi va dars jarayonlariga qatnashmayotgani sabab bo`lgan.
O`rganish davomida esa o`qituvchi R.D. va o`quvchilar I.S., M.M., Sh.Z. va B.O`. murosaga keltirilgan.
“Ayni paytda ular o`rtasida hech qanday adovat mavjud emas. O`qituvchi ishchi guruh tomonidan ham odob-axloq normalariga qat`iy rioya qilishi to`g`risida jiddiy ogohlantirildi. Kelgusida bunday holatga yo`l qo`ymaslik xar qanday masalani vazminlik bilan hal etilishi to`g`risida tushuntirish ishlari olib borildi.
O`quvchilarning ota-onalari bilan ham suhbat olib borilib, farzandlarini doimiy dars jarayonlariga qatnashishini nazorat qilishlari to`g`risidan tushunchalar berildi”, deyiladi munosabatda.






