AsosiyJamiyat

Toshkentdagi "zapravka"ning 3 xodimi toksik modda ta`sirida hushini yo`qotdi

'Toshkentdagi "zapravka"ning 3 xodimi toksik modda ta`sirida hushini yo`qotdi'ning rasmi

Ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Bu bilan bog`liq xabar kecha, 5 aprel kuni soat 19:20da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushadi. Boshqarmaga Chilonzor tumani, 19-daha, "Al Xorazmiy" ko`chasida joylashgan avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchasida 3 nafar ishchi xodimlar benzin yoqilg`isi saqlanayotgan sisternalar oralig`idan hushsiz holda yotganligi ma`lum qilingan.

Zudlik bilan qutqaruvchilar voqea joyiga etib borib hushsiz holda yotgan AYoQSh xodimlarini xavfli hududdan olib chiqishib birinchi yordam ko`rsatishgan, shuningdek ularga malakali tibbiy yordam ko`rsatilishi uchun Tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirlgan.

Ayni vaqtda  Toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo`limiga joylashtirilgani aytilmoqda..

"Voqea sababi o`rganilganda, AYoQSh hududi er ostiga ko`milgan 3 dona, har biri katta sig`imli benzin yoqilg`isi saqlanayotgan sisternalar orasida yig`ilib qolgan engil yonuvchan suyuqlikning (benzin) kuchli konsentrasiyasidan hushlarini yo`qotganligi aniqlandi.",-deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, voqea joyiga Chilonzor tuman FVB boshlig`i rahbarligida 3 ta qutqaruv ekipajlari 15 nafar shaxsiy tarkibi, tuman Prokuratura, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari chiqishgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilayotgani ta`kidlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar