Mudofaa vazirligi huzuridagi “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi ma`muriyati bu haqda xabar qildi.
Ma`lum bo`lishicha, Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan “G`alaba bog`i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida ta`mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 6 aprelidan 30 aprel kuniga qadar tashrif buyuruvchilar uchun kirish vaqtinchalik to`xtatilishi aytiladi.