Marhamat tuman adliya bo`limi tomonidan Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Sog`liqni saqlash va ta`lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabullar o`tkazilmoqda, deya xabar berdi tuman adliya bo`limi.
Ana shunday tadbirlar davomida 27, 39 va 40–umumta`lim maktablarida ishlovchi 3 nafar o`qituvchi ularga fan olimpiadasining respublika bosqichi g`olibi bo`lganliklari munosabati bilan to`lanadigan ustama pullari to`lanmayotganligini ma`lum qilishdi.
Prezidentning 2019 yil 3 maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining 4-qism g-bandida ta`lim muassasalarida o`qituvchi bo`lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g`oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to`lanishi belgilab qo`yilgan.
O`rganish davomida, 3 nafar o`qituvchiga yuqoridagi Prezident qarori talablariga rioya etilmasdan, jami 163.066.058 so`m miqdoridagi ustama pullari to`lanmaganligi aniqlanib, ushbu pullarni undirish yuzasidan tuman XTB mudiri nomiga bajarilishi majburiy bo`lgan taqdimnoma kiritildi.






