AsosiyJamiyat

Toshkent bozor xizmatlari hajmi qariyb 18 trillion so`mni tashkil etdi

'Toshkent bozor xizmatlari hajmi qariyb 18 trillion so`mni tashkil etdi'ning rasmi

Bugungi kunda xizmatlar sohasini rivojlantirishga katta e`tibor qaratilyapti.

 Chunki xizmatlar sohasining kengayishi va rivojlanishi – milliy daromadlarning oshishi hamda aholi uchun munosib turmush darajasini ta`minlashning hal qiluvchi omilidir.  

Bu borada poytaxtimizda 2022 yilning yanvar-fevral oylarida ko`rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 17 trillion 931 milliard so`mni tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish sur`ati 120,7 foizni  tashkil etdi. Uning nominal hajmi 3 trillion 889,5 milliard so`mga oshdi. Bu haqda Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma`lum qildi.  

Bozor xizmatlarining salmoqli hajmi savdo, yashash va ovqatlanish sohasida ko`rsatilmoqda. Jumladan, joriy yil yanvar-fevral oylarida ko`rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajimda savdo xizmatlarining ulushi 23,2 foizni tashkil etdi. Bu esa 4 trillion 153,9 milliard so`mga to`g`ri keldi. Aytish lozimki, 2021 yil yanvar oyida ularning hajmi 3 trillion 282,6 milliard so`mga yoki umumiy hajmining 23,4 foiziga to`g`ri kelgan. 

2022 yil yanvar-fevral oylarida yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta`minlash bo`yicha xizmatlarning ulushi 83,7foiz bilan ustunlik qildi. 

Ta`kidlash joizki, xizmat ko`rsatish tarmoqlarining rivojlanishi ko`plab tadbirkorlik nuqtalari va yangi ish o`rinlarining tashkil etilishiga, tadbirkorlarning daromadi ortishiga, aholi bandligi ta`minlanishiga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar