AsosiyJamiyat

Er qa`ri uchastkalarini sotish va meros qilib qoldirish taqiqlanmoqda

'Er qa`ri uchastkalarini sotish va meros qilib qoldirish taqiqlanmoqda'ning rasmi

Bugun, 6 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo`mitasi tomonidan “Er osti boyliklari to`g`risida”gi qonun loyihasiga bag`ishlangan ishchi guruh yig`ilishi o`tkazildi.

Ushbu hujjat Davlat geologiya qo`mitasi tomonidan foydali qazilmalarni geologik o`rganish va qazib olish hamda ularni muhofaza etish munosabatlarini tartibga soladi. Loyihada er qa`ri uchastkalarining resurslari aniq belgilab berilishi, foydali kazilmalar o`rganilishi va iqtisodiy asoslarga ko`ra klassifikasiyalanib ularning tushunchalari aniq belgilab qo`yilmoqda.

Shuningdek, er osti boyliklaridan foydalanish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari ro`yxati va ularning vakolat doiralari, er qa`ri uchastkalarining davlat fondiga yangi “zaxira fondi” tushunchasi kiritilib uning mohiyati yoritib berilmoqda.

Muhokama qilinayotgan hujjatda er qa`ri uchastkalarini sotish, xadya qilish, meros qilib qoldirish, omonatga yoki garovga quyish ham taqiqlanmoqda. 

Er qa`ridan foydalanganlik uchun to`lov turlari va miqdori aniq alohida-alohida moddalarda belgilab quyilyapti. Qolaversa, loyihada er qa`ridan foydalanish ruxsatnoma olish talablari soddalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar