Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, "Nukusda Damas fuqaroni urib ketdi" sarlavhali xabar tarqalgan edi. Holat yuzasidan YHXX ma`lumot berdi.
Kecha, 5 aprel kuni soat 15:05 larda, Nukus shahri hududidan o`tuvchi 4P-176 avtomobil yo`lining 2-3 kilometrlari oralig`ida haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan M.T. "Damas" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan velosiped boshqarib o`tayotgan fuqaro, 1976 yilda tug`ilgan J.A.ni urib yuborgan.
YTH natijasida fuqaro J.A. ko`rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Ushbu YTH yuzasidan Nukus shahar IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






