Afg`oniston poytaxti Qobuldagi masjidlardan birida portlash sodir bo`ldi. Bu haqda The Khaama Press xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlash namoz vaqtida yuz bergan. Voqea poytaxtdagi eng katta masjidlardan biri Puli Hishti masjidida sodir bo`lgan.
Ma`lum qilinishicha, masjid ichida bo`lgan shaxslardan biri portlovchi qurilmani ishga tushirgan. Natijada, 6 kishi jarohatlangan.