AsosiyJamiyat

Saharlikda tahoratsiz ro`zani niyat qilsa bo`ladimi?

'Saharlikda tahoratsiz ro`zani niyat qilsa bo`ladimi?'ning rasmi

Savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati javob berdi:

- Bismillahir Rohmanir Rohim.

Albatta, saharlikda tahoratsiz bo`lsada ro`zani niyat qilish mumkin. Niyat durust bo`lishi uchun tahorat shart qilinmaydi. Tahorat – namoz o`qish va Qur`oni karimni ushlash kabi ibodatlarda shart bo`ladi. Hatto, junub kishi badanidan najosatni ketkazib, qo`l-betini yuvib, og`iz burnini chayib, saharlik qilishi va ro`zani niyat qilishi joiz. Tabiiyki, og`iz yopgandan keyin g`usl qilib oladi.  Vallohu a`lam.

 

    Boshqa yangiliklar