AsosiyJamiyat

Andijonda 2.5 mldr. so`mdan ziyod noqonuniy tovarlar bojxonada to`xtatib qolindi

'Andijonda 2.5 mldr. so`mdan ziyod noqonuniy tovarlar bojxonada to`xtatib qolindi'ning rasmi

Tovar-moddiy boyliklarni O`zbekistonga  yashirin yo`llar bilan olib kirishga hamda davlat byudjetiga tushishi lozim bo`lgan bojxona to`lovlarini qing`ir yo`llar bilan to`lamaslikga bo`lgan urinishlar bojxonachilar tomonidan vaqtida bartaraf etilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali O`zbekistonga kirib kelgan “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Unda yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan umumiy qiymati 2 mlrd. 512 mln. so`mlik 1570 dona “Lazerny nivelir uroven” tovarlari borligi aniqlandi.

Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi matubot xizmati  "Darakchi.uz"ga xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar