AsosiyJinoyat

Namanganda fuqarolarga ajratilgan kreditni o`zlashtirgan shaxs aniqlandi

'Namanganda fuqarolarga ajratilgan kreditni o`zlashtirgan shaxs aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Davlatobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tekshiruvda bu ma`lum bo`ldi.

Aniqlanishicha, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs 8 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga bank muassasasidan ajratilgan 223,5 mln so`m imtiyozli kredit mablag`ini qo`lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar