AsosiyJamiyat

Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi

'Toshkent metrosida yana nosozlik kuzatildi'ning rasmi

Bugun soat 9:30 lar atrofida Toshkent metrosining "Paxtakor" metro bekatida nosozlik kuzatildi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 15 sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlangan va xavfsizlik choralarini ko`rish maqsadida yo`lovchilar vagondan tushirilgan.

Shuningdek, navbatdagi 18 sonli marshrut ham yo`lovchilarni "Paxtakor" metro bekatida tushirib,15 elektropoezdni texnik ko`rikdan o`tkazish uchun depoga harakatlanishida ko`maklashgan.

"Soat 9:37 dan boshlab poezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshirilmoqda",-deya ma`lum qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar