Samarqand shaharda 8 nafar fuqaroning xabardorligisiz kredit rasmiylashtirib olgan sobiq bank xodimi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan AT “Aloqa bank” viloyat filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bankning Samarqand “Sharq” kompleks xizmatlar ko`rsatish markazi sobiq bosh menejeri Sh.N. 2021 yil davomida bankka kredit so`rab murojaat qilmagan 8 nafar fuqaroning nomiga soxta hujjatlar asosida jami 156,3 mln so`m iste`mol kreditini rasmiylashtirib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






