Sog`likni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining darakchi.uz ga ma`lum qilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti hamda Janubiy Koreyaning KOFIH fondi hamkorligida Toshkent shahrida 5 ta va Andijon viloyatida 2 ta quyidagi markaziy oilaviy poliklinikalarda bepul skrining jarayonlari davom etmoqda:
Tashkent shahri uchun:
1. Yunusobod tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani-19, Yunus ota ko`chasi, (sobiq T.Zaxidova), 2.
tel: 71 223-10-81; 71 223-10-80.
2. Chilonzor tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Bunyodkor ko`chasi, 7A.
tel: 71 273-51-99; 71 273-38-19
3. Mirzo Ulug`bek tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, TTZ-2.
tel: 71 261-64-60; 71 264-56-15.
4. Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod ko`chasi, Mahtumquli (sobiq. Tarraqiyot), 2.
tel: 71 231-75-08.
5. Shayxontohur tumanidagi markaziy poliklinika
Manzil: Toshkent shahri, Ko`kcha darvoza ko`chasi, (Sobiq Mannon Uyg`ur), 305.
tel: 71 242-06-95.
Andijon viloyati uchun:
1. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi
Manzil: Andijon shahri, Mashrab ko`chasi, 39-uy.
tel: 74 226-52-34; 74 226-76-98.
2. Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 1-oilaviy poliklinikasi
Manzil: Andijon shahri, Toshkent ko`chasi, 50-uy.
tel:74 227-42-74.
Ro`yxatda turgan 30 yoshdan 49 yoshgacha bo`lgan barcha ayollar BBR (bachadon bo`yni saratoni) ga bepul tekshirildi.
Toshkent shaxri va Andijon viloyati bo`ylab 10000 nafardan ortiq ayollar skrining tekshiruvlaridan o`tishdi.
Tekshiruv natijalari buyicha 10 % foiz ayollarda, virus aniqlandi.
Skrining tekshirish jarayonida aniqlangan o`zgarishlar tegishli shifokorlar tomonidan nazoratga olinib, kerakli tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, gepatitni erta tashxislash va davolash maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni Saqlash Vazirligi bilan birgalikda aholini bepul skrining tekshiruvidan o`tkazmoqda.
Hozirgi kunda bemorlarni qabul qilish Toshkent shahrida 5 ta va Respublika buyicha 6 ta viloyatlarning markaziy oilaviy poliklinikalarda bepul skrining jarayonlari davom etmoqda.
Toshkent shahridagi poliklinikalarda:
1. Shayxontoxur tumanining markaziy poliklinikasi
2. Chilonzor tumanining markaziy poliklinikasi
3. Uchtepa tumanining markaziy poliklinikasi
4. Olmazor tumanining markaziy poliklinikasi
5. Mirzo-Ulug`bek tumanidagi 8-sonli oilaviy poliklinikasi
6. Yashnobod tumanidagi 30-sonli oilaviy poliklinikasi
Respublikaning quyidagi viloyatlari uchun:
1. Samarqand viloyati: 2,4,9,12- oilaviy poliklinikalarda
2. Surxondaryo viloyati:1,2,3,4- oilaviy poliklinikalarda
3. Sirdaryo viloyati: Mirzarabod, Guliston, Yangier -oilaviy poliklinikalarda
4. Andijon viloyati: 1,2,3,4- oilaviy poliklinikalarda
5. Namangan viloyati:1,3,9,10- oilaviy poliklinikalarda
6. Farg`ona viloyati : 1,4,5,6 -oilaviy poliklinikalarda






