AsosiyJamiyat

Toshkent shahri mahallalarini obod qilishga ajratilgan 1 trillion so`mga yana 200 milliard so`m yo`naltiradi — Prezident

'Toshkent shahri mahallalarini obod qilishga ajratilgan 1 trillion so`mga yana 200 milliard so`m yo`naltiradi —  Prezident'ning rasmi

Yo`l infratuzilmasini rivojlantirish hamda ichki yo`llarni yaxshilash bo`yicha ustuvor vazifalar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar, davlat xizmatlarini ko`rsatishni soddalashtirish, byurokratik to`siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlarini ko`rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish davom etmoqda.

Poytaxtda ham 250 kilometr sement-beton qoplamali yo`llar quriladi. Bu ishlar uchun Toshkent shahri mahallalarini obod qilishga ajratilgan 1 trillion so`mga yana 200 milliard so`m yo`naltiradi.

Bulardan tashqari, 2022 yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yo`laklari barpo etish reja qilingani, ular ham sement-betondan bo`lishi kerakligi aytildi.

Mart oyida 25 kun davom etgan yog`ingarchilik drenaj tizimidagi kamchiliklarni ko`rsatgan, shu bois ushbu yo`laklarni loyihalashda lotoklar qurishga ham alohida e`tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar