Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar xabar bermoqda.
Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazlarini qurish ishlariga shaxsan viloyat hokimlari mas`ul etib belgilangan bo`lsada, hozirga qadar 43 ta markaz binosi foydalanishga topshirilmagani, oqibatda aholi sarson bo`layotgani tanqid qilindi.
Masalan, Davlatobod, Yangier, Guliston, Bo`ka, Mirobod, Sergeli va Mirzo Ulug`bek tumanlari, Guliston va Olmaliq shaharlarida qurilish ishlari umuman boshlanmagan, Nukus shahri, Boyovut, Quyichirchiq va Pskent tumanlarida esa qurilish ishlari to`xtab qolgan.
Viloyat hokimlariga 1 sentyabrga qadar davlat xizmatlari markazlari bilan bog`liq barcha qurilishlarni yakunlash topshirildi.
Ayni paytda yig`ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglanmoqda.






