Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo`limlari tomonidan tezkor tadyuir o`tkazildi.
Ma`lum bo`lishicha, o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Poytug` temir yo`l stansiyasi” boshlig`i vazifasini bajaruvchi E.A. “M.” fermer xo`jaligi rahbari va uning akasiga Izboskan tumani temir yo`l stansiyasi tasarrufidagi er maydonlari hisobidan jami 0,20 gektar er maydonini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishi orqali ajratib berish va kelgusida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.