AsosiyJamiyat

Namanganda 17 nafar fuqaroni o`z tuzog`iga ilintirgan ayol qo`lga olindi

'Namanganda 17 nafar fuqaroni o`z tuzog`iga ilintirgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Namanganda 18 nafar tanishlarini ishga kiritib qo`yishni maqsad qilib, ulardan pul olgan ayol aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB ma`lum qildi

Ma`lum bo`lishicha, 4 aprel kuni Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil iyul oyida Namangan shahrida yashovchi 1978 yilda tug`ilgan ayol uni hamda 17 nafar tanishlarini aldab, Namangan shahrida faoliyat yurituvchi shifoxonalarga hamshira va kichik tibbiyot xodimi sifatida ishga kiritib qo`yishini aytib, ushbu fuqarolarni har biridan 300 va 500 AQSh dollarigacha bo`lgan mablag`larini olib, pullarni qaytarmasdan, jami 8.500 AQSh dollarini o`zining shaxsiy ehtiyoji yo`lida ishlatib yuborganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Ushbu holat bo`yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar