Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar ko`z o`ngida eshaklarni ayovsiz kaltaklayotgan fuqaroning videosi tarqalgan edi.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar davomida voqea 2021 yil 20 avgust kuni Chiroqchi tumani “Langar” MFYda yashovchi A.I. hovlisida eshaklarga shafqatsizlarcha munosabatda bo`lib, ularni urib azob bergani aniqlandi.
Hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish Jinoyat ishlari bo`yicha Chiroqchi tuman sudiga taqdim etildi va sud tomonidan huquqbuzarni O`zbekiston Respublikas Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi va 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topib, fuqaro A.I. ga nisbatan 12 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi va voqeaning ikkinchi ishtirokchisi voyaga etmagan farzandi B.S. ning xatti-harakati uchun ham A. I. ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (ikki yuz etmish ming so`m) miqdorida jarima jazosi belgilandi.