O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi bugun, 8 aprel kuni mamlakatda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma`lumoti bilan tanishtirdi.
Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, chang to`zon bilan kuzatiladi, ba`zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo 25-30° gacha isiydi.
Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22° bo`ladi.






