Shu yil 8 aprel kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani “Abu Saxiy” dahasidagi “Abu Saxiy” masjidining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Adliya boshqarmasi vakillari tomonidan ushbu jome xodimlariga masjidning davlat ro`yxatidan o`tganligi to`g`risidagi guvohnoma topshirildi.
Bugun namozxonlar ushbu jome masjidda ilk juma namozini ado etadilar.
Ma`lumot uchun, ushbu jome bilan Toshkent shahridagi masjidlar soni 131 taga etdi.






