Yangiariq tumanida fuqarolarni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o`tkazib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Yangiariq tuman bo`limi tomonidan DXXning Xorazm viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.Q. fuqarolar I.Q. va J.A.ni 600 AQSh dollari evaziga go`yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun o`tkaziladigan imtihondan o`tkazib qo`yishni va`da qilib, 550 AQSh dollari va 500 ming so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






