Olmazor tumanidagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurgan Prezident Shavkat Mirziyoev o`z nutqini shu gap bilan boshladi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Davlat rahbari nogironligi bo`lgan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar, muruvvat uylaridagi keksalar holidan tez-tez xabar olishni odat qilgan. Bugungi tashrif ham mana shu an`ananing bir qismi, deyish mumkin.
1966 yilda qurilgan, 2015-2016 yillarda kapital ta`mirlangan maxsus maktabda endi:
- texnologiya xonalari ta`mirlanadi;
- maktab hududida ishlab chiqarish ustaxonalari tashkil etilib, bitiruvchi sinf o`quvchilari kasb-hunarga o`rgatilib, diplom berishni yo`lga qo`yiladi;
- maktab hududida uzoq yillardan buyon foydalanilmay turgan basseynni ta`mirlanadi;
- bolalar bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish va ularni sog`lomlashtirish uchun zamonaviy jihozlar o`rnatiladi (varkaut, trenajyorlar va hk.).






