Prezident sog`liqni saqlash vaziri Bekzod Musaevga 1 oy muddatda barcha tug`ruqxonalarda eshitishni skrining qiluvchi jihozlar bilan ta`minlash bo`yicha qaror loyihasi tayyorlashni topshirdi. Bu haqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda.
"Katta bo`lib ketgandan keyin bu bolalar uchun, ularning ota-onasi uchun, qolaversa, davlat uchun ham qiyin bo`ladi. Hozir o`quvchilar bilan gaplashdim. Ko`zlari yonib turibdi, lekin qiynaladi", - dedi Shavkat Mirziyoev.
Shuningdek, davlat rahbari madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dagi hamyurtlarimiz uchun bepul teatr-konsert tomoshalari tashkil etish bo`yicha topshiriq berdi.






