Mamlakatimizda har bir bola taqdiriga qaratilayotgan e`tibor tufayli oxirgi yarim yilda “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasi va “SOS” bolalar mahallalari uyushmasi qaramog`idagi 1 ming 619 nafar ko`ngli o`ksik farzandlarimiz o`z oilasi va yaqin qarindoshlari tarbiyasiga o`tkazilgan.
Natijada 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani uchun yopilgan.
Qolgan 6 ta “Mehribonlik” va 11 ta kichik bolalar uylarida 1 ming 475 ta o`rin mavjud bo`lib, bugungi kunda ularda 897 ta etim bolalar bor.
“Albatta, bolalar uylari va ulardagi etimlar soni kamaygani, xalqimizning yuksak ma`naviyati, iymon-insofi va bolajonligini ko`rsatib turibdi.
Lekin, mamlakatimizda umuman etimlar bo`lmasa, yanada yaxshi bo`lar edi. Shuning uchun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berishni tezlashtirish choralarini ko`rish lozim”, dedi Prezident.






