O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida va yoshlar o`rnak bo`lgan holda Buxoro viloyati Vobkent tumanidan istiqomat qiluvchi ikki nuroniy otaxon Xojiev Ahmad va Xojiev G`ulomlar 600 km masofani bosib o`tishni reja qilishdi.
2022 yilning 1 aprel kuni Buxoro viloyati Vobkent tumani markazida joylashgan minor oldidan yo`lga chiqqan otaxonlar Toshkent shahar “Mustaqillik” maydonigacha bo`lgan 600 km masofani piyoda yurib borishni rejalashtirishgan.
Otaxonlar 6 kun deganda Samarqand viloyatiga etib kelishdi. Yoshlarga o`rnak bo`layotgan ikki otaxon mashhur “Registon” maydonida bo`lib, yana yo`lda davom etishdi.






