AsosiyJamiyat

Termiz – Sankt-Peterburg yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar tiklanmoqda. Chipta narxlari e`lon qilindi

'Termiz – Sankt-Peterburg yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar tiklanmoqda. Chipta narxlari e`lon qilindi'ning rasmi

2022 yil 5 maydan boshlab Uzbekistan Airways Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz xalqaro yo`nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklamoqda.  Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Parvozlar payshanba kunlari amalga oshiriladi.    

  • Termizdan uchish: 08:55 (Toshkent vaqti bilan)      
  • Sankt-Peterburgga etib borish: 12:20 (Moskva vaqti bilan)      
  • Sankt-Peterburgdan uchish: 13:50 (Moskva vaqti bilan)      
  • Termizga etib kelish: 21:00 (Toshkent vaqti bilan)    

   

Termiz – Sankt-Peterburg yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 1 961 814 so`mdan (bagajsiz) va 2 160 354 so`mdan (bagaj bilan), Termiz – Sankt-Peterburg – Termiz yo`nalishi bo`yicha esa 3 698 660 so`mdan (bagajsiz) va 4 095 738 so`mdan (bagaj bilan) boshlanadi.        

Narxlar 08.04.2022 holatiga ko`ra amal qiladi.    

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.   

    Boshqa yangiliklar