Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Yashnobod tumanida yuk avtomobili bilan bog`liq sodir bo`lgan ko`ngilsiz hodisa yuzasidan YHXBB quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.
Bugun, 2022 yil 8 aprel kuni soat 16:30 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasida, haydovchi, 1955 yilda tug`ilgan Yu.S. "MAZ54323" rusumli yuk avtomobiliga ulangan yarim tirkamaga "konteyner" ortib harakatlanib ketayotgan vaqtda, ortilgan "konteyner"ning tepa qismi ushbu ko`chadan kesib o`tgan ko`prikka tegib qolgan va "konteynerning" bir tomoni yarim tirkama ustidan erga tushgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va yo`lga mas`ul idora xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.






