AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik kutilmaydi, biroq 3ta hududda chang-to`zon bo`lishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik kutilmaydi, biroq 3ta hududda chang-to`zon bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Jizzax viloyatlarida va cho`l hududlarda ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, chang to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo 25-30° gacha isiydi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar