Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbirda tarkibida sof oltin moddasi bo`lgan ruda toshlarni talon-taroj qilish bilan shug`ullanuvchi shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.
Paxtachi tumanida yashovchi 1984 yilda tug`ilgan D.A. va 1992 yilda tug`ilgan B.Sh.ning yashash xonadonlarida noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi mavjud bo`lgan taxminan 7,5 tonna ruda toshlar, 4 ta qum tegirmoni hamda 1 ta qum quritish pechi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida xujjatlashtirib olindi.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






