Qarshi shahrida yoqilg`i tashuvchi avtomobilda yongin sodir bo`ldi. Bu haqda YHXX ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, 9 aprel kuni soat 15:12 da Qarshi shahridagi "Star Oil" yoqilg`i quyish shoxobchasi hududida, haydovchi, 1996 yilda tug`ilgan A.X. boshqarib kelgan yoqilg`i tashuvchi (benzovoz) avtomobilning dvigatel qismida yong`in yuzaga kelganligi bo`yicha shahar FVBga xabar kelib tushgan.
O`t uchiruvchilar voqea joyiga zudlik bilan etib borgan va yong`in bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositasiga zarar etgan.
Ushbu holat yuzasidan Qarshi shahar FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
👉 @YHXX_UZ






