2022 yil 11 apreldan Qozog`istonning O`zbekiston bilan davlat chegarasini aviaqatnovlar orqali kesib o`tishda qo`yilgan cheklovlar bekor qilinadi. Bu haqda "O`zbekiston havo yo`llari" milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bilan birga, qozog`istonliklar va Qozog`iston hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo`lgan xorijliklar hamda chet el fuqarolari Uzbekistan Airways aviaqatnoviga chiqishdan oldin Covid-19 testining salbiy natijasi (amal qilish muddati 72 soat) yoki Covid-19 ga qarshi to`liq emlanganlik/qayta emlanganlik to`g`risidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Qozog`istonda berilgan emlanganlik sertifikatlarini ikki davlat ham o`zaro tan olgan.